Preparat probiotiklar toifasiga kiradi.
Qoramol, buzoq va parrandalar uchun mikrobiologik probiotik.
Tarkibi: B.subtilis bakteriyasi sporasi — 1x10⁶ dona/ml, B.lisheniformes — 1x10⁶. AMILA PRO OZIQA QO‘SHIMCHASI TA’MINLAYDI: Disbakterioz, enterit, salmonellyoz, kolibakterioz va boshqa ichak buzilishlarini oldini olish va davolashni. Organizm immunitetini va ichakdagi foydali mikroflora balansini oshiradi. Sut hosildorligini oshiradi, tuxum qo‘yish darajasini ko‘taradi. Broyler tovuqlarning og‘irligini oshiradi. Hayvonlarni sovuq harorat, sovuq tushish va boshqa noqulay sharoitlarda stressdan himoya qiladi. Oziqa sarfini kamaytiradi va hazm qilish fermentlarini ichakda bevosita sintez qilish orqali oziqaning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Sarf me’yori va qo‘llash usuli: Qo‘llashdan oldin chayqatilsin. Probiotik 1-2 litr miqdorda 1 tonna yem, kombikorm yoki don aralashmasiga qo‘shiladi, shuningdek, kombikorm tayyorlash uchun ishlatiladi. Ichimlik suvi uchun: qoramolga 2 l/tonna; broyler jo‘jalarga 250 ml/tonna suvga — kuniga 4 marta. Probiotik suvga qo‘shilganda, har 6 soatda suv yangisiga almashtirilishi lozim.